O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o’rinbosari Suhrobjon Bobokalonov Toshkentda IV Xalqaro “Umra Plus va ziyorat turizmi” ko‘rgazmasi ochib berdi.Tadbirda Elchi Sa’d bin Nosir Abu Haymid janoblari qatnashdi. Shuningdek tadbirda Saudiya Arabistoni Podshohligi va boshqa mamlakatlardan kelgan turoperatorlar, mehmonxona biznesi hamda transport kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Turizm qo‘mitasi tashkil etgan tadbir turizm va Umra sohalariga aloqador tomonlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda O’zbekistonning tarixiy, madaniy va islomiy merosi bilan tanishtirishga qaratildi. Bunday tadbir turizm rivoji, O‘zbekiston va Podshohlik o’rtasida hamkorlik yanada kengayishiga xizmat qiladi.