Ikki muqaddas masjid xodimining Elchisi Sa'd bin Nosir Abu Haymid janoblari Markaziy Osiyo davlatlarida arab tilini o'qitishga ixtisoslashgan til o'rgatish bo'yicha Sulton bin Abdulaziz Ol Saud dasturi boshlanishi munosabati o'tkazilgan tadbirda qatnashdi. Shahzoda Sulton bin Abdulaziz Ol Saud xayriya tashkiloti tomonidan Islom olami tarbiya, ilm - fan va madaniyat tashkiloti (Aysesko) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bo'lib o'tdi. Tadbirda Shahzoda Sulton bin Abdulaziz Ol Saud xayriya tashkiloti vakillari bilan bir qatorda universitet va O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi mas'ullari ishtirok etdilar.