Ikki muqaddas masjid xodimining O’zbekiston Respublikasidagi Elchisi Sa’d bin Nosir Abu Haymid janoblari ishtirokida bugun Toshkent shahrida O'zbekiston musulmonlari idorasining "Vaqf" xayriya jamg'armasida Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik ishlari markazining "2026 yil uchun 5 - ozoq-ovqat savati" loyihasi o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari shayx Homidjon Ishmatbekov, "Vaqf" xayriya jamg'armasi rahbari Jahongir Salomov va Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik ishlari markazi vakillari qatnashdi. Loyiha asosiy oziq-ovqatlardan tarkib topgan 6050 savatni tarqatish, ulardan O’zbekiston Respublikasining 14 hududida qariyb 36 ming kishi foydalanishini ko'zda tutadi.